
Osiyo chempionati: Adhamjon Muhiddinov muddatidan oldin g‘alaba qozondi, kunning barcha natijalari bilan tanishing
Iordaniya poytaxti Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugun 5 nafar bokschilarimiz jang o‘tkazishi belgilangan edi. Natijalarni onlayn tarzda yoritib boramiz.
-71 kg: Havasbek Asadullaev - Byamba-Erdene Otgonbaatar (Mo‘g‘uliston) - Afsuski Asadullaev 3:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va ilk bosqichdayoq chempionatdagi ishtirokini yakunladi.
-48 kg: Asilbek Jalilov - Sanjar Tashkenbay (Qozog‘iston) - Osiyo chempionatida navbatdagi yo‘qotishga uchradik. Afsuski, hamyurtimiz qozog‘istonlik raqibiga 5:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Panmot Titisan (Tailand) - Do‘smatov raqibi ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu tailandlik bokschi 2020 yil aynan Ammanda bo‘lib o‘tgan Olimpiada saralash musobaqasida Shahobiddin Zoirovni mag‘lub etgan edi.
-57 kg: Abdumalik Xalakov - Jasim Muhammed (Iroq) - Xalakov jangni to‘liq o‘z ustunligida o‘tkazib 5:0 hisobida zafar quchdi va chorak finalga yo‘l oldi.
-60 kg: Adhamjon Muhiddinov - Baskon Paul (Filippin) - Muhiddinov birinchi raundda yaqqol ustunlik qildi va bir bor nokdaun ham qayd etdi. Referee esa jangni davom ettirish foydasiz deb topdi va shu tariqa hamyurtimiz muddatidan oldin g‘alaba qozondi.
Fikrlar