
Osiyo chempionati. Bugun 5 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi
Xabar berganimizdek, 17 apreldan 1 maygacha Iordaniyaning Amman shahri o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.
20 aprel bahslardan o‘smirlar ishtirokidagi janglar o‘rin olgan. Kun doirasida terma jamoamizdan 5 nafari ringga ko‘tariladi.
Juftliklar bilan tanishing:
-50 kg: Dinislom Davlatiyorov - Sergey Artemenko (Ukraina)
-54 kg: Sabrina Chakamanova - Xadicha Safinova (Qirg‘iziston)
-52 kg: Asadbek Esonboev - Kazuma Kumamoto (Yaponiya)
-54 kg: Bobomurod Boymirzaev - Hayitmurat Astanov (Turkmaniston)
-57 kg: Asilbek Abduqodirov - Mohaime Al-Allakmo (Iroq)
Janglar Toshkent vaqti bilan 14:00 dan boshlab start oladi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar