Asosiy mazmunga oʻtish

Dzyudo

Osiyo chempionati. Oʻzbekistonning ilk raqibi – Hindiston!

Javohir Malikov
Izohlar: 0

Dzyudo bo‘yicha qit’a birinchiligining jamoaviy aralash bahslariga qur’a tashlandi

Xitoyning Ordos shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining jamoaviy aralash bahslariga qur’a tashlandi. 

Musobaqada qit’amizning 10 ta davlat terma jamoalari ishtirok etadi. O‘zbekiston terma jamoasi o‘z ishtirokini to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/4 finaldan boshlaydi. Dzyudochilarimiz qur’a natijasiga ko‘ra, Hindiston terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.  

Chorak final bosqichida +90, -73, -90, -57, -70 hamda +70 kg vazn toifalarida bellashuvlar tashkil etiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q