Osiyo Kriket Kengashi vakillari O‘zbekiston Kriket federatsiyasi faoliyatini munosib baholadi

CHERY AUTO

Ommaviyligi jihatdan futboldan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan, osiyo va olimpiya o‘yinlari tarkibidan joy olgan kriket sport turining mamlakatimizda tobora rivojlantirish borishida O‘zbekiston kriket federatsiyasi tomonidan bugun izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Tecno

Joriy yilning 23-24 avgust kunlari O‘zbekiston kriket federatsiyasiga tashrif buyurgan Osiyo kriket kengashi vakillari yurtimizda  kriket sport turi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud sport inshootlari, poytaxtimizda joylashgan kriket akademiyasi va Qibray tumanidagi kriket stadionida shug‘ullanayotgan yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Kecha 24 avgust kuni esa mazkur o‘rganishlar, muloqot va tanishuvlar yakuniga bag‘ishlab, Osiyo kriket kengashi vakillari sanalgan Singapur kriket assotsiatsiya prezidenti Mahmud G‘aznaviy, Birlashgan Arab Amiriligi kriket kengashi bosh operatsion direktori Subhan Ahmad, O‘zbekiston kriket federatsiyasi raisi Aziz Mixliev, federatsiya kengashi a’zolari, murabbiy-mutaxassislar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Muhokamalar davomida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, o‘zbekistonlik kriketchilarning nufuzli musobaqalarda, xususan, Osiyo va yozgi Olimpiya o‘yinlarida, qit’a va jahon chempionatlarida, xalqaro turnirlarda ishtiroki, seminarlar, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish, kriket jihozlari bilan ta’minlash kabi bir qator mavzular tahlil etildi.

Shuningdek, Osiyo kriket kengashi vakillari mamlakatimizda faoliyatini boshlagan Olimpiya shaharchasi infratuzilmasi kriket rivojiga ham salmoqli ta’sir ko‘rsatishini, o‘zbekistonlik kriketchilarning texnik-taktik mahorati yildan yilga o‘sib borayotganligini alohida ta’kidlab o‘tishdi.

Ayniqsa, O‘zbekiston kriket federatsiya to‘laqonli ish olib borayotganligi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kriket fakulteti faoliyat boshlanib, bu borada kadrlar tayyorlashga erishilgani yuksak g‘alabalar yo‘lida munosib poydevor qo‘yilayotganligidan dalolat ekanligini aytib o‘tishdi.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston kriket federatsiyasi yaqinda Osiyo kriket kengashiga rasman a’zo sifatida qabul qilingan edi. Demak, mamlakatimizda kriket sport turi yanada rivojlanishi ayni haqiqat.

O‘KF matbuot kotibi Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!