Osiyo Kubogi-2026 saralash bosqichiga qur’a tashlandi
Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi-2026 saralash bosqichiga qur’a tashlandi.
Marosim OFKning Kuala-Lumpur shahridagi shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasi Eron, Tailand, Yaponiya, Vetnam, Afg‘oniston, Kuvayt va Iroq termalari bilan 1-savatdan o‘rin olgan edi.
Qur’a natijalariga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi "F" guruhidan joy egalladi va Qirg‘iz Respublikasi, Sharqiy Timor hamda Falastin terma jamoalari bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, turnir joriy yilning 16 - 24-sentyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Saralash bosqichida 30 ta jamoa ishtirok etadi.



Fikrlar