Asosiy mazmunga oʻtish

Osiyo O'yinlar

Osiyo oʻyinlari-2026: Dzyudochi qizimizdan oltin medal!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Zoʻr usullar ishlatdi

XX Osiyo oʻyinlarining dzyudo bahslari davom etmoqda. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Dzyudo bahslarida -52 kilogramm vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Sita Qadamboeva finalda Janubiy Koreya vakili Seyun Jang bilan raqobatlashdi va gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar 15 ta oltin, 17 ta kumush va 18 ta bronzaga yetdi.

Birozdan soʻng, -66 kilogrammgacha vazn toifasida Abdurahim Nutfulloev moʻgʻulistonlik Yulk Kazirbievga qarshi bahs olib boradi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q