Oston O‘runov "Ufa"ga kerak emas
Shahzod
Klub bosh direktori aniqlik kiritdi.
"Ufa" bosh direktori Rinat Shaybekov Oston O‘runovning jamoaga qaytishi to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
"Biz O‘runov transferi masalasida hech qanday muzokara olib bormayapmiz. Oston — "Spartak" futbolchisi va hozir jamoasi bilan yig‘inga yo‘l olgan. Men u haqida mosvaliklar bilan ham gaplashmaganman", - dedi Shaybekov.
Oston O‘runov 2020 yil yozida "Ufa"dan "Spartak" jamoasiga ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum "qizil-oqlar" safida jami 9 ta bahsda maydonga tushdi va 1 ta gol kiritishga erishdi.
Izohlar (0)