Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Oston oson qutildi!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

U maydonni erta tark etgandi

“Ufa” sharafini himoya qilayotgan Oston O‘runov Rossiya premer-ligasining avvalgi turida “Ural” bilan bo‘lgan o‘yinda jarohat olib, maydonni erta tark etgandi.

“Ufa” o‘zbek legionerining jarohati bo‘yicha ma’lumot berdi.

- Oston O‘runovning kichik jarohat oldi. Jarohati jiddiy emas. Uning keyingi o‘yindagi ishtiroki murabbiylar shtabi va tibbiyot xodimlari tomonidan qabul qilinadigan qarorga bog‘liq, - deyiladi “Ufa” bayonotida.

20 yoshli Oston O‘runov mavsum oxirigacha “Spartak”dan ijaraga olingan. Moskvaliklar bilan 2025 yilgacha shartnomaga ega bo‘lgan futbolchimiz avvalgi jamoasida ham bir necha marotaba jarohatlangan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q