Ot sporti. O‘zbekiston terma jamoasi Evrosiyo ligasida 7 ta medalga sazovor bo‘ldi!

  • 20 may, 2024, 15:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Ot sporti
BEPUL PROPAN

Qirg‘izistonning Bishkek shahrida konkur va ot yo‘rttirish bo‘yicha Jahon kubogining final bosqichiga saralash vazifasini o‘tab beruvchi Evrosiyo ligasining navbatdagi bahslari o‘z nihoyasiga etdi. Unda qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi yuqori natijalarni qayd etdi.

Mahoratli chavandozlarimizdan biri Xurshid Alimjonov “Leyman” laqabli tulporida 130 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash bahslarida eng yaxshi natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Musobaqaning ilk kunida ikki yo‘nalishda g‘alaba qozongan Bekzod Qurbonov “Matts” oti bilan 150 smli dasturda kumush medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Bahromjon Gaziev, Bekzod Qurbonov, Oqil Sobirjonov va A’zam Tolibboev jamoaviy dasturda shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olishdi.

Yakunda hamyurtlarimiz ushbu turnirni 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan tugatishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!