Otamendi: "Muvaffaqiyatsizlikni qabul qilib, oldinga intilishimiz kerak"

  • 17.09.2025 10:39
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Benfika"ning argentinalik himoyachisi Nikolas Otamendi UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichining birinchi turida "Qorabog‘"ga qarshi mag‘lubiyat haqida o‘z fikrini bildirdi.

- Nimani yaxshilashimiz kerakligini aniqlab olishimiz lozim. Oldinda uzoq yo‘l bor. Bu muvaffaqiyatsizlikni qabul qilib, oldinga intilishimiz kerak. Biz ko‘proq mehnat qilamiz va keyingi har bir uchrashuvda uch ochko olishga harakat qilamiz, - dedi jamoa sardori.

Eslatib o‘tamiz, Lissabon klubi 2:0 hisobida yutib turgan bo‘lsa-da, yakunda 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Evrokubokning keyingi o‘yinida "Benfika" "Chelsi"ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!