Oybek Kasimov: “Mintaqaviy forum – sport menejmentini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida juda foydali platforma”

  • 17 noyabr, 2021, 23:32
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

– E’tibor bersak, hamkorlik memorandumlarining 3 tasi mamlakat MOQlari va yana biri Tatariston Olimpiya kengashi bilan imzolandi. Nega aynan Tatariston Olimpiya kengashi tanlandi?

1-4 noyabr kunlari Toshkentda ilk bor MDH, Boltiqbo‘yi va Gruziya Milliy Olimpiya qo‘mitalari rahbarlari ishtirokida mintaqaviy forum bo‘lib o‘tdi. Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu tadbirda mintaqada sport rivojini yangi bosqichga olib chiqish, sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini kuchaytirish kabi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. E’tiboringizga ushbu forumning asosiy tashkilotchilaridan biri, O‘zbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov bilan tadbir haqida tashkil etilgan intervyuni havola qilamiz:

– Tataristonga keladigan bo‘lsak, ular dastlabki MDH o‘yinlariga mezbonlik qilishdi. Qozonda bo‘lib o‘tgan mazkur kompleks musobaqa doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Tatariston Prezidenti bilan uchrashib, har ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalarini ko‘rib chiqqandi. Bilamizki, Tatariston sport sohasida Rossiyaning poytaxti hisoblanadi. Juda ham ajoyib sport inshootlari mavjud. O‘zbekistonlik sportchilar ko‘plab xorijiy yig‘inlarini aynan Qozon shahrida o‘tkazishadi. Memorandum shartlariga ko‘ra, shu kabi ishlar yuzasidan birgalikda harakat qilish, hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash kabi masalalar o‘rin olgan. Ular Rossiya medallarini Tatariston kesimida ham ko‘rsatishdi. Bu esa Tataristonda sport yaxshi rivojlanganini ko‘rsatadi.Xabaringiz bor, bizning Rossiya Olimpiya qo‘mitasi bilan ham hamkorligimiz bor. Mazkur hamkorlik doirasida Tatariston bilan ham aloqalarni mustahkamlasak nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. Ana shularni hisobga olib sport infratuzilmasidan foydalanish, o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish maqsadida ularning Olimpiya kengashi bilan kelishuvga erishildi.

– “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik doirasida bu kabi forumlar qanday ahamiyat kasb etadi?

– Forum doirasida “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o‘yinlariga ham qiziqish bildirildi. Boku va Qozonning bunday kata turnirlarni o‘tkazish bo‘yicha tajribasi bor. Forumda ishtirok etgan ko‘plab davlatlarda bu kabi musobaqalar bo‘lib o‘tgan. Bunday forumlar doirasida o‘zaro munosabatlar yanada mustahkamlanadi, tajriba almashiniladi. Shu bois bu kabi forumlar ana shunday rejalarni amalga oshirish uchun yaxshi platforma hisoblanadi. Shuningdek, forumda sohaning bir necha etuk professorlari ishtirok etishdi. Har bir davlat o‘z tashabbusini, sohada erishgan yutuqlarga asoslangan takliflarni ilgari surdi. Bu juda ham yaxshi an’ana. O‘ylaymanki, biz o‘zimizga kerakli narsalarni oldik. Forum sport menejmenti va infratuzilmasi, meditsina, farmakologiya, yirik musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish, malakali murabbiy va mutaxassislarning tajriba almashishi uchun katta maydon bo‘lib xizmat qiladi.

So‘nggi so‘z o‘rnida aytmoqchimanki, forumdan olgan taassurotlarimiz, bilim va ko‘nikmalarimiz kelajakda o‘zbek sportini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Fursatdan foydalanib, tadbirni yuqori saviyada tashkil qilishda yordam bergan Hukumatimiz, tegishli vazirlik va boshqa idoralar, hamkasblarimizga O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi va o‘z nomimdan minnatdorchilik bildirib qolaman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!