O‘zbek derbisida Setora Normurodova g‘olib bo‘ldi
Tojikistonning Dushanbe shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan turnirda sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Musobaqaning yakkalik bahslarida barcha raqiblarini enggan Sevil Yo‘ldosheva hamda Setora Normurodova so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida o‘zaro raqobatlashdi. Murosasiz o‘tgan o‘yinda Setora 6:1, 7:6 hisobida zafar quchdi.
Juftliklar o‘rtasida esa S.Yo‘ldosheva hamda S.Normurodova tandemi qozog‘istonlik Adel Malgonusova hamda rossiyalik Darya Mixaylovani 7:6, 2:6, 10:7 hisobid taslim etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar