O‘zbek oti baland sakradi...
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan CS12* xalqaro turnirida mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Jumladan, ushbu musobaqada Abdurahmon Abdullaev "Go Four It V" laqabli otida ishtirok etib, o‘z yo‘nalishida kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, turnirda yana bir vakilimiz Bahromjon G‘oziev "Lady" nomli tulpori bilan ettinchi o‘rindan joy oldi.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun avval BAAning Fujayra shahrida tashkil etilgan konkur bo‘yicha uch yulduzli xalqaro turnirning Gran-pri yo‘nalishida Abdurahmon Abdullaev kumush, Bekzod Qurbonov esa bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar