O‘zbekiston boks markaziga aylanmoqda!
Boks terma jamoamiz Toshkent shahrida qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi.
12-27 oktyabr kunlari Toshkent shahri jamoamizning navbatdagi mashg‘ulotlariga mezbonlik qiladi. Ahamiyatlisi ushbu yig‘inga Jazoir, Turkmaniston, Falastin, Ozarbayjon, Yaponiya, Marokash, Gretsiya, Polsha bokschilari va Rossiyaning ikki tarkib sportchilari jalb etilgan.
Yig‘in Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi va Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi zalida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar