
O‘zbekiston kubogi. "A" guruhida 1-tur yakunlandi, turnir jadvali qanday ko‘rinish olgan? (foto)
Bir necha kun oldin O‘zbekiston kubogi yangi mavsumiga start berilgandi.
Dastlab, ilk o‘yinda "Andijon-SGS" "Jizzax"ni irodali tarzda mag‘lubiyatga uchratdi, 3:2. Ikki to‘p farqi bilan ortda borayotgan andijonliklar 16 daqiqada 3 ta gol urib, g‘alabani ilib ketdi.
Bugun OKMK Buxoroda "G‘ijduvon"ga qarshi maydonga tushdi va raqibini 5:0 hisobida taslim etdi. Gollarga Sanjar Tursunov, Ruben Sanches (xet-trik) va Anzur Ismoilov mualliflik qildi.
Quyida ushbu bahslardan keyin "A" kvartetidagi turnir jadvali bilan tanishish imkoniga egasiz.
Fikrlar