
O‘zbekiston kubogi. Bugun yarim finalning barcha ishtirokchilari aniq bo‘ladi (foto)
Bugun O‘zbekiston kubogi 1/4 final o‘yinlari yakuniga etadi. Kun doirasida ikkita bahs bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
17:00 da boshlanadigan "Andijon" - AGMK o‘yini bugungi chorak final bellashuvlarining birinchisi bo‘ladi. Ushbu uchrashuv Andijondagi "Bobur Arena" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, 20:00 da "Nasaf" "Lokomotiv"ga qarshi bahs olib boradi. Bu bellashuv Qarshidagi "Markaziy" stadionida bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Fikrlar