O‘zbekiston MTJ futbolchisi legionerga aylanishi mumkin. Unga Rossiya, BAA va Xitoy klublari qiziqmoqda

  • 23 dekabr, 2019, 18:40
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Toshkentning "Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov faoliyatini legioner sifatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sportbox.ru nashri xabar berdi. 

Manbaning ma’lum qilishicha, hamyurtimizga Rossiyaning bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda. O‘z navbatida Jamshid Iskanderov qishda RPL klublaridan biriga o‘tishi mumkin. Yarim himyachimizga hozircha aynan qaysi klublar qiziqish bildirayotgani borasida ma’lumot berilmagan. Ammo Iskanderovga BAA va Qatar jamoalari ham qiziqish bildirayotgani yozilgan.

371570729878

O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 22 o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan futbolchi RPLga o‘tsa, Eldor Shomurodov "Rostov", Vitaliy Denisov "Rubin" va Vadim Afonindan so‘ng to‘rtinchi futbolchiga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!