"O'zbekiston Portugaliyaning asabini buzadi"
Moskvaning "Spartak" klubi sobiq himoyachisi Valeriy Kechinov Oʻzbekiston terma jamoasining 2026 yildgi jahon chempionatidagi ishtiroki haqida gapirdi.
"Oʻzbekiston jahon chempionatida juda kuchli guruhdan joy oldi. Ikki jamoa Portugaliya va Kolumbiya favorit hisoblanadi. Lekin oʻylaymanki, Oʻzbekiston ularning asabini buzadi", - dedi sobiq futbolchi.
Oʻzbekiston terma jamoasi mundialning guruh bosqichida Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DR terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
2026 yildgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtadi. Chempionatning amaldagi gʻolibi Argentina hisoblanadi.
Fikrlar