O‘zbekiston Superkubogi oldidan o‘tkaziladigan matbuot anjumanining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi

  • 25.02.2021 17:30
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol

Xabaringiz bor, 6 mart kuni O‘zbekiston Superkubogi uchun uchrashuv o‘tkaziladi. Unda amaldagi chempion “Paxtakor” va vitse-chempion “Nasaf” klublari o‘zaro bahs yuritadi. 16:00 da start oladigan bellashuvga Samarqand shahridagi “Dinamo” stadioni mezbonlik qiladi. 

5 mart sanasida o‘yinoldi rasmiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Rasmiy mezbon sifatida “Paxtakor” klubining o‘yinoldi mashg‘uloti 15:00da boshlanadi va uning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o‘tadi. Rasmiy mehmon jamoa sifatida “Nasaf” futbol klubining o‘yinoldi mashg‘uloti uchrashuv o‘tkaziladigan vaqtga parallel — 16:00da start oladi va uning ham dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq.

Shuningdek, 5 mart kuni har ikki klub rasmiylari ishtirokida o‘yinoldi matbuot anjumani tashkil etiladi. Unda bosh murabbiylar ikki nafardan futbolchi hamrohligida tashrif buyuradi. “Paxtakor” ishtirokidagi matbuot anjumani 17:15da, “Nasaf” klubi ishtirokidagi matbuot anjumani esa 17:45da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
25/02/2021 18:17
shu uyinga ham. VAR foydalanish kerak. Halq Jamoasi Nasafka omad. Muhlislar yoqimtoyi Nasafka omad. Uzbekistonga. N 1 Kamanda Nasafka omad