O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogida qanday brenddagi liboslardan foydalanishi ma’lum

  • 22.01.2026 16:15
  • Улуғбек Хошимов
  • 2
  • Futbol

O‘zbekiston milliy futzal terma jamoasi Osiyo kubogida 7SABER liboslarida ishtirok etadi

2025 yilning 30 sentabr kuni O‘zbekiston futzal federatsiyasi va 7SABER sport brendi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida rasmiy shartnoma imzolangan edi. Mazkur kelishuv mamlakatimiz futzalini rivojlantirish, sport infratuzilmasini mustahkamlash hamda milliy terma jamoalarni zamonaviy sport ekipirovkalari bilan ta’minlashga qaratilgan.

Shartnomaga ko‘ra 7SABER futzal bo‘yicha O‘zbekiston Oliy liga musobaqalarining rasmiy homiysi sifatida faoliyat yurib kelmoqda. Shuningdek, joriy yilning 27 yanvaridan 7 fevraliga qadar o‘tkaziladigan futzal bo‘yicha Osiyo chempionatidan boshlab O‘zbekiston milliy hamda o‘smirlar futzal terma jamoalarini yuqori sifatli va zamonaviy sport kiyimlari bilan ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, kecha Jakarta ga jo‘nab ketgan O‘zbekiston milliy futzal terma jamoasi delegatsiyasi hamkor brend — 7SABER tomonidan to‘liq sport liboslari bilan ta’minlandi. Jumladan, Osiyo kubogi–2026 final bosqichi uchrashuvlarida terma jamoamiz 7SABER brendiga tegishli oq va ko‘k rangli liboslarda maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
22/01/2026 18:17
Хар хил галати,асабга тегадиган сарлавха ёки макола билан сайт кузатувчиларини йукотдинглар.Хозир кузатувчилар умуман сайтларинга кирмай куйишган.Олдинлари анча фаол эдилар.Буни сабаби,узларинга яхши маълум.Бир маколани хар хил сарлавха билан ёки хозиргидек сарлавхалар билан 50 марта такрорлайверишларинг жонга тегди.
&
Адхамжон Низомов
22/01/2026 16:37
Футзал деб ёзишсанг уласанларми?