O‘zbekiston terma jamoasining bugungi mashg‘ulotidan videolavha
O‘zbekiston terma jamoasi Milliy futbol markazida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.
Bugun legioner futbolchilarimiz — Otabek Shukurov, Azizjon G‘aniev, Abbosbek Fayzullaev va Umarali Rahmonaliev jamoamiz safiga kelib qo‘shildi va mashg‘ulotlarga kirdi.
Abdulla Abdullaev individual tarzda shug‘ullangan bo‘lsa, Hojiakbar Alijonov va Oston O‘runovlar ham kichik jarohat sabab mashg‘ulotlarni alohida o‘tkazdi.
Vakillarimizning bugungi mashg‘ulotlaridan videolavhani tomosha qiling:

Fikrlar