O‘zbekiston terma jamoasining mundial uchun so‘nggi 26 talik tarkibi qachon e’lon qilinadi?
2026 yildgi Jahon chempionati yaqinlashgani sari ko‘plab terma jamoalar turnir uchun so‘nggi 26 talik tarkibini e’lon qilmoqda. Fabio Kannavaro murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoamiz esa hozirchalik 30 talik tarkibni taqdim etdi.
Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 26 talik qaydnoma Kanadaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng ma’lum qilinadi.
Ushbu tarkibdan tushib qolgan 4 futbolchimiz ham terma jamoamiz vakillari bilan yig‘inda ishtirok etadi. Agarda qaysidir futbolchimiz kutilmaganda jarohat olib, safdan chiqsa uning o‘rni tezda muvaffaqiyatli to‘ldiriladi. Italyalik murabbiyning aytishicha, bundan asosiy maqsad adaptatsiya jarayonng tezroq o‘tishidir.
Ma’lumot o‘rnida, hamyurtlarimiz ertaga Kanada bilan o‘rtoqlik bahsida ishtirok etadi. Bellashuv esa Toshkent vaqti bilan erta tonggi 06:00'da start oladi.

Fikrlar