O‘zbekiston vakili" Kolizey"da jang qiladi!

  • 11.12.2023 15:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

15 dekabr kuni Grozniy shahrida “Kolizey” arenasi “ACA Young Eagle 43” turniriga mezbonlik qiladi. Mazkur turnir qaysidir ma’noda ASA promousheniga saralash vazifasini ham o‘tab beradi.

Biz uchun ahamiyatli jihati, ushbu jang oqshomida o‘zbekistonlik Alixon Hasanov ham oktagonga ko‘tariladi. Unga dog‘istonlik Ismail Kelemetov raqiblik qiladi. Bahs yarim engil vazn (65,8 kg) toifasida bo‘lib o‘tadi. 

Ma’lumot uchun, yurtdoshimizning professional rekordi 15-6 bo‘lsa, Kelemetovning rekordi 8-1 ko‘rinish olgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!