O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyadagi xalqaro musobaqada Evropa jamoalari bilan o‘ynaydi

  • 5 mart, 2021, 21:40
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

U-23 Osiyo kubogi saralash bahslariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyada tashkil etiladigan xalqaro turnirda qatnashadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Ravshan Haydarov murabbiyligi ostidagi yoshlarimiz 20 mart kuni Toshkentda yig‘iladi va 22 mart kuni Antalya shahriga yo‘l oladi.

24-29 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan “Antalya Cup 2021” xalqaro musobaqasida vakillarimiz Slovakiya, Ukraina va Qozog‘istondan tashrif buyurgan tengdoshlariga qarshi bahs yuritadi. Murabbiylar shtabi mazkur turnirga 25 nafar futbolchini jalb etishni rejalashtirgan.

Antalya, Turkiya

“Antalya Cup 2021” xalqaro turniri

1-tur | 25.03.2021
O‘zbekiston – Slovakiya

2-tur | 27.03.2021
Ukraina – O‘zbekiston

3-tur | 29.03.2021
O‘zbekiston – Qozog‘iston

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!