O‘zbekistonda tug‘ilgan futbolchi Bundesliga klubi bilan shartnoma imzoladi

  • 28.07.2020 22:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Gannover” klubi himoyachisi Valdemar Anton bundan buyon “Shtutgart” sharafini himoya qiladi.

Klub rasmiy saytining xabar berishicha, 24 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 2024 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolagan.

Ta’kidlash kerakki, “Shtutgart” yangi 2020/21 yilgi mavsumda Bundesligada ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, Valdemar Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida tavallud topgan. U 2016 yilda Rossiya terma jamoasida to‘p surish istagi borligini bildirgan edi. Ammo, keyinchalik Germaniya yoshlar terma jamoasida harakat qildi.

Valdemar o‘tgan mavsum 2-Bundesligada 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!