O'zbekistonlik hakamlar 2027 yildgi Osiyo kubogida faoliyat olib boradi

  • 25.09.2026 13:08
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2027 yil 7 yanvardan 5 fevralga qadar Saudiya Arabistonining Ar-Riyod, Jidda va Al-Xobar shaharlarida futbol bo‘yicha Osiyo kubogi bo‘lib o‘tadi. Nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik hakamlar va mutaxassislar ham faoliyat olib boradi.

Jumladan, Ilgiz Tantašev va Askar Najafaliev bosh hakam, Timur Gaynullin, Andrey Sapenko va Baxtiyorxo‘ja Shavkatov yordamchi hakam, Firdavs Norsafarov esa VAR hakami sifatida turnir uchrashuvlarida xizmat qiladi.

Shuningdek, Valentin Kovalenko Osiyo kubogida hakamlar nazoratchisi sifatida faoliyat olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!