O'zbekistonlik hakamlar Yevropa chempionatining navbatdagi o'yinini boshqaradi
O‘zbekistonlik hakamlar U-17 Yevropa chempionatining navbatdagi bahsiga tayinlov oldi.
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Estoniyada U-17 Yevropa chempionati bo‘lib o‘tmoqda. 29 may kuni bo‘lib o‘tadigan Frantsiya hamda Daniya jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni Asker Najafaliev boshchiligidagi hakamlar jamoasi boshqarib boradi.
Asker Najafaliev (O‘zbekiston) bosh hakam sifatida faoliyat olib borsa, unga Ruslan Serazitdinov (O‘zbekiston) va Eraklis Komodromos (Kipr) yordam beradi.

Fikrlar