
O‘zbekistonlik hakamlar OChL Elit uchrashuvini boshqarishadi
1 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan OFK Elit Chempionlar ligasi musobaqasi doirasidagi “Vissel Kobe” (Yaponiya) — “Melburn Siti” (Avstraliya) jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda hamyurtimiz Rustam Lutfullin boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi faoliyat olib boradi.
Bosh hakam: Rustam Lutfullin
Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Akmal G‘iyosov
Zaxira hakami: Asker Najafaliev
VAR hakami: Firdavs Norsafarov
AVAR hakami: Abdurashid Xudayberganov
29 sentyabr kuni OFK Elit Chempionlar ligasi musobaqasining “Al Garafa” (Qatar) — “Al Shorta” (Iroq) jamoalari o‘rtasidagi bahsda ham o‘zbekistonlik hakamlar ishlaydi.
VAR hakami: Ahrol Risqullaev
AVAR hakami: Akobir Shukurullaev
Fikrlar