
O‘zbekistonlik hakamlarga VAR bo‘yicha seminar o‘tkazilmoqda
VAR tizimini O‘zbekistonda joriy etish va o‘zbekistonlik mutaxassislarga ushbu tizimni o‘qitish bo‘yicha joriy yilda bir qator o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida (Video Assistent Referi) video yordamchi hakamlar tayyorlash bo‘yicha navbatdagi nazariy-amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Kecha bo‘lib o‘tgan maydondagi mashg‘ulotlarda, seminar qatnashchilari FIFA 2020 VAR simulyatoridan foydalangan dolzarb mavzularda, xususan jarima maydonchasidagi qoida buzishlar, ofsayd, taktik qoidabuzarliklar bo‘yicha o‘z malakalarini oshirdi.
Bundan tashqari, ularga VAR qaysi holatda hakamlik jarayoniga bevosita ta’sirini o‘tkaza olishi, bosh hakamga takroriy vaziyatni tomosha qilishni maslahat berishi yoki noto‘g‘ri qilingan qaror haqida xabardor etishi bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Hakamlarimiz VAR ko‘nikmalarini to‘liq o‘zlashtirishlari uchun yana bir qancha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Seminarni FIFA instruktori - Farhod Abdullaev olib bormoqda.
Fikrlar