O‘zbekistonlik "Kichik Tayson"ning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

  • 19 yanvar, 2021, 09:53
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik professional bokschi Olimjon Nazarovning 27 fevral kuni Vetnamda jang qilishi haqida xabar bergan edik. 

Tecno

Ma’lumki, u Janubiy Koreyaning "Cocky Buffalo" promouterlik klubi bilan hamkorlik qiladi. "Kichik Tayson" deya ataluvchi hamyurtimiz o‘ta engil vazn (50.8 kg) toifasida WBO Oriental kamari sohibi sanaladi. Saytimizga yosh murabbiy Bobur Najmiddinovning ma’lum qilishicha, Nazarov filippinlik Rikardo Suenoga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu jangda yurtdoshimiz o‘z titulini himoya qiladi. 

Ma’lumot uchun, "Oqtepa" klubi tarbiyalanuvchisi Olimjon Nazarov professional faoliyati mobaynida 25 ta g‘alaba, 5 mag‘lubiyat qayd etgan. Raqiblarini 14 bora nokautga uchratgan. Raqibining ko‘rsatkichi esa 10 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat va 4 durangdan iborat. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!