Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

O‘zbekistonlik yana bir bokschi yarim finalda!

Bekzod Isayev
Izohlar: 1

Chorak finallar davom etmoqda

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

A’loxon Abdullaev -75 kg vazn toifasida vengriyalik Filip Akilovga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang 20:15dan so‘ng boshlanadi.

Bokschilar ringga chiqib keldi. Hamyurtimiz ko‘k libosda, uning raqibi qizil formada harakat qiladi.

A’loxon bilinchi raundni o‘z foydasiga hal qildi - 4:1.

Ikkinchi raundda ham Abdullaevning qo‘li baland keldi - 3:2.

Uchinchi raundda hakamlar hamyurtimizning ustunligini qayd etishdi -0:5. Bokschimiz ochkolar hisobiga g‘alaba qozondi. A’loxon Abdullaev yarim finalga yo‘l oldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q