O‘zbekistonning Apache batonchigi xalqaro Superior Taste Award mukofotida ikki yulduzni qo‘lga kiritdi

  • 23.06.2026 17:48
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Boshqalar
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekistonда ishlab chiqariladigan Apache batonchigi nufuzli xalqaro Superior Taste Award mukofotida ikki yulduzga sazovor bo‘ldi.

Mustaqil ekspertlar tomonidan o‘tkazilgan ta’m baholash natijalariga ko‘ra, Apache batonchigi yuqori sifat, ta’m darajasi va xalqaro standartlarga muvofiqligi uchun yuqori baholandi.

Bu muvaffaqiyat Deya kompaniyasi uchun muhim yutuq bo‘lib, jamoaning mehnati va mahsulot sifatiga berilgan yuksak e’tirof hisoblanadi. Xalqaro baholash natijalari O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar xorijiy brendlar bilan muvaffaqiyatli raqobatlasha olishini va jahon ekspertlari tomonidan tan olinayotganini yana bir bor tasdiqladi.

Superior Taste Award mukofotining qo‘lga kiritilishi nafaqat Deya kompaniyasi, balki mahalliy qandolatchilik sanoati uchun ham muhim voqea bo‘ldi. Bu o‘zbek ishlab chiqaruvchilarining xalqaro bozordagi salohiyati tobora ortib borayotganini namoyon etadi.

Deya kompaniyasi haqida

Deya — O‘zbekistonning qandolatchilik korxonalaridan biri bo‘lib, turli xil shirinliklar ishlab chiqaradi hamda o‘z brendlarini, jumladan mashhur Apache batonchigini rivojlantirib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!