Asosiy mazmunga oʻtish

Avto/Moto

O‘zbekistonning eng yaxshi poygachilari Shri-Lankaga yo‘l oladi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

O‘zingizni ko‘rsating va musobaqaga yo‘l oling

Joriy yilning 26-28 sentyabr kunlari Shri-Lanka ASIA PACIFIC MOTORSPORT CHAMPIONSHIP 2025 musobaqasiga mezbonlik qiladi. O‘zbekiston Miliy Avtomotorsport Federatsiyasi eng yaxshi pilotlarni saralashni o‘tkazib, ularni xalqaro maydonda mamlakatimizning sharafiga kurashish uchun yo‘llaydi.

Mahalliy poygachilar turli disiplinalarda chempionlik tituli uchun kurashishadi:

- Karting-slalom  
- Jimkhana  
- Ralli  
- Karting-sprint  
- Esports

Shuningdek, yangi kategoriyalarda:

- Karting-endurance  
- Avtokross  

Milliy chempionatlardagi ishtirokingizda eng yaxshi natijalaringizni ko‘rsating va Chempionatga yo‘l oling.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q