Asosiy mazmunga oʻtish

Qishgi sport turlari

O‘zbekistonning qaysi xokkey klubi VXLda ishtirok etadi?

Shahzod
Izohlar: 0

Bugun, 1 aprel kuni Moskada O‘zbekiston va Rossiya xokkey Federatsiyalari o‘rtasida memorandum imzolandi.

Hujjatlarga Rossiya xokkey Federatsiyasi Prezidenti Vladislav Tretyak va O‘zbekiston xokkey Federatsiyasi Prezidenti Baxtiyor Fozilovlar imzo chekishdi. Bu haqda O‘XF rasmiy sayti xabar bermoqda.

Shartnoma turli yo‘nalishlar bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik printsiplarini belgilab beradi - xokkey bo‘yicha turli o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish, ikki mamlakat o‘smir-yoshlar jamoalari o‘rtasida musobaqa va tadbirlar o‘tkazish, hakamlar va murabbiylarni tayyorlash va ilmiy-metodik anjumanlar tashkil etish. 

Shuningdek, tomonlar uchrashuv davomida bolalar xokkeyi borasida ham fikr almashishdi va RXF bu borada yordam berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. 

Bundan tashqari "Toshkent" xokkey klubining VXL (Oliy Xokkey ligasi) - Ipak yo‘li kubogida ishtirok etish masalasi muhokama qilindi va bu vazifani amalga oshirishda hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q