Pablo Sarabiya Qatar klubiga o‘tdi

  • 19 iyun, 10:47
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pablo Sarabiya Qatarning "Al-Arabi" klubiga o‘tdi. Yangi jamoaga erkin agent sifatida kelib qo‘shiladigan 33 yoshli futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzolangani rasman e’lon qilindi.

Tecno

O‘tgan 2024/25 yilgi mavsumda Sarabiya Angliyaning "Vulverxempton" jamoasida o‘ynadi va barcha turnirlarda 28 ta o‘yin o‘tkazib, uchta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Faoliyati davomida ispaniyalik futbolchi PSJ, "Sporting", "Sevilya", "Xetafe" klublarida o‘ynagan. Ispaniya terma jamoasi tarkibida u 20 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan va Evro-2020 da ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!