Palin'ya yangi jamoa uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi
Mashhur klub olyapti
«Bavariya» jamoasida to‘p surib kelayotgan 31 yoshli yarimhimoyachi Joau Pal’inya «Benfika»ga o‘tishi arafasida tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu haqida Record nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tibbiy tekshiruv dushanba kuni tongda Lissabonda o‘tkazilgan. «Bavariya» futbolchiga shaharda qolishga ruxsat bergan, shu orqali transferga oid barcha rasmiy jarayonlarni yakunlab olishi mumkin bo‘ladi. Manbaga ko‘ra, «Benfika» portugaliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolanganligi haqida rasmiy chorshanba kuni e’lon qiladi.
Joau Pal’inya shu hafta oxirida, shanba kuniyoq bir necha chemodan bilan Portugaliyaga yetib kelgan edi. O‘shanda u ommaviy axborot vositalariga bergan qisqa izohida hali ham «Bavariya» futbolchisi ekanini, bu safar esa farzandlari bilan vaqt o‘tkazish rejasining bir qismi ekanini aytgan.
O‘tgan mavsumda Pal’inya «Tottenxem» tarkibida ijara asosida o‘ynadi. U maydonga tushgan 45 uchrashuvda 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Izohlar (0)