Palmer "Chelsi"dagi eng hazilkash futbolchini aytdi

  • 26.03.2026 17:22
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Koul Palmer jamoadagi eng hazilkash futbolchi kim ekani haqida fikr bildirdi.

"Chelsi"dagi eng katta hazilkash? Bu — Mark Kukurelya. Nimasi bilan ekanini bilmayman, u shunchaki juda kulgili", — dedi Palmer klubning rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Maʼlumot uchun, Kukurelya 2022 yilda "Brayton"dan "Chelsi"ga 65 million yevro evaziga oʻtgan. Uning londonliklar bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Joriy mavsumda ispaniyalik himoyachi barcha musobaqalarda 41 ta oʻyinda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 50 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!