
"Panserraykos" so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib mag‘lub bo‘ldi. Masharipov esa ...
Gretsiya chempionati 8-turidan o‘rin olgan "Aris" va "Panserraykos" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur to‘qnashuvda "Aris" qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘nggi soniyasida gol urib, g‘alabani ilib ketdi.
"Panserraykos" bilan shartnoma imzolagan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov bahsni stadiondan kuzatdi. Vakilimiz kecha Gretsiyaga etib bordi va ertadan mashg‘ulotlarga kirishadi.
Ma’lumot uchun, "Panserraykos" ayni damda turnir jadvalida 9 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. "Aris" esa ushbu g‘alabadan keyin 11 ochko to‘plagan holda 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar