
Paralimpiya. Akademik eshkak eshuvchilarimiz litsenzion musobaqaga jo‘nab ketishdi
Joriy yilning 15-22 may kunlari Shveysariyaning Lyusern shahrida para akademik eshkak eshish bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqa Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri lisenziya taqdim etishi bilan yanada ahamiyatlidir.
Bugun para akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Jahon kubogida ishtirok etish uchun Shveysariyaga yo‘l oldi. Ushbu musobaqada quyidagi sportchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi:
Muhayyo Abdusattorova
Gulzoda Shotanova
Dinara Belyanina
Qudratilla Habibullaev
Abdumutal Abdurahmonov
Amalbek Mustafaqulov
Fikrlar