“Parij-2024”: Bugun qaysi sportchilarimiz qaysi payt bahsga kirishadi?

  • 28.07.2024 10:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Olimpizm

Parij shahrida davom etayotgan  Olimpiya o‘yinlarining navbatdagi kunida yana bir necha sportchilarimiz bellashuvlarga kirishadi.

28 iyulga belgilangan dasturda quyidagi olimpiyachilarimizga muxlislik qilamiz.

Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da dzyulchilarimizdan Sardor Nurullaev va Diyora Keldiyorova Olimpiada medallari uchun yurishini boshlaydi.

Soat 15:00 da akademik eshkak eshish bo‘yicha juftlik bellashuvlarida Shahzod Nurmatov hamda Sobir Safaraliev startga chiqadi.

Soat 17:00 da boks bo‘yicha jahon chempionati sovrindori Lazizbek Mullojonov Olimpiya o‘yinlaridagi yurishini boshlaydi.

Barcha sportchilarimizga muvaffaqiyat tilaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!