Parij-2024: Guljanoy Naimova delegatsiyamizga navbatdagi kumush medalni keltirdi
Hozirgina para taekvondo bo‘yicha ayollar o‘rtasida +65 kg vazn toifasida final jangi o‘tkazildi. Afsuski, hamyurtimiz Guljanoy Naimova jarohat olib jangni davom ettira olmadi va britaniyalik Emi Trusdeylga 8:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Sportchimiz Paralimpiya o‘yinlarining kumush medaliga sazovor bo‘ldi!
Ma’lumot uchun, Guljanoy Naimova bundan avval Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar