
Parij-2024. Hasanboy Do‘smatov Toshkentda nokautga uchratgan bokschi bilan finalda to‘qnash keladi
Boks bo‘yicha Rio-2016 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘smatov (-51 kg) ham Parij-2024 dagi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirgan holda finalga yo‘l oldi. Hamyurtimiz yarim finalda Kabo-Verdi davlati vakili David de Pina bilan bahs olib bordi.
Bokschimiz jang boshidan to‘liq nazoratni o‘rnatdi va birinchi raund Hasanboy foydasiga. 4:1. Ikkinchi raund esa yana "Professor" foydasiga - 5:0. Hal qiluvchi raundda ham Do‘smatov g‘alaba qozondi va finalga yo‘l oldi.
Uning finaldagi raqibi Hasanboy uchun notanish bo‘lmagan frantsiyalik Bilal Bennama bo‘ladi. Hamyurtimiz Toshkentda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Bennamani nokautga uchratgan edi. Jang 8 avgust kuni o‘tkaziladi.
Fikrlar