"Paxtakor" bilan bog‘liq 110, 48, 150 raqamlar

  • 30 aprel, 2021, 19:01
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Osiyo Chempionlar ligasida yurtimiz sharafini himoya qilgan "Paxtakor" guruh bosqichida yurishini to‘xtatdi.

"Sherlar" kecha guruhdagi 6-turni o‘tkazdi va 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Uchrashuvdagi yagona gol 79-daqiqada Po‘latxo‘ja Xoldorxonov hisobiga yozildi.

E’tiborlisi, "Eyr Fors"ga qarshi bahs joriy mavsum Piter Xyuistra shogirdlari uchun musobaqadagi ilk g‘alabaga aylandi. Toshkentliklar guruhda 7 ochko to‘plagan holda 3-o‘rinni egalladi va pley-offga chiqa olmadi.

Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev telegramdagi sahifasida "Paxtakor" qayd etgan raqamlarni yozib qoldirdi. Jamoa OChLda 110-o‘yinini o‘tkazdi. Uchrashuvlarda 48 g‘alabaga erishgan "sherlar" 150 ta gol urdi. 

   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!