
"Paxtakor" Cheran bilan amaldagi shartnomani ikki yilga uzaytirdi
"Paxtakor" va Dragan Cheran o‘rtasidagi shartnoma ikki yilga uzaytirildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
"2019 yilgi mavsumda to‘purarlik mahoratini namoyish etayotgan, hozirga qadar 19 to‘p kiritib ulgurgan Cheran 2018 yilning yozida jamoamiz safiga kelib qo‘shilgandi. Endilikda Dragan 2021 yil oxirigacha "Paxtakor" bilan mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Umid qilamizki, Dragan jamoamiz bilan ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishadi", - deyiladi klub e’lon qilgan xabarda.
Fikrlar