"Paxtakor" jamoasi Maradona xotirasi uchun maxsus futbolkalarda maydonga chiqdi. Ajoyib uyg‘unlik (Foto)
"Paxtakor" bugun Superliga 25-turida "Lokomotiv" bilan bellashdi.
"Paxtakor" uchrashuv oldidan Diego Maradona sharafiga o‘ziga xos futbolkalarda maydonga tushib keldi va o‘yindan avval uning xotirasi uchun bir daqiqalik sukut saqlandi.
.jpg?1606665912079)




Bellashuvda Shota Arveladze shogirdlari 1:0 hisobida zafar quchdi. O‘yindan so‘ng "sherlar" O‘zbekiston chempioniga beriladigan kubokni boshlari uzra ko‘tarishdi.
Fikrlar