"Paxtakor" O'zbekiston terma jamoasi a'zosi bilan kelishuvga erishdi

  • 20.01.2026 15:22
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

&quot>Baniyas" jamoasi safida to‘p surayotgan Akmal Mozgovoy Superligaga qaytish arafasida turgani haqida xabar bergan edik. 

SPORTS.uz sayti jurnalisti Oybek Yuldoshevning ma'lum qilishicha, "Paxtakor" 26 yoshli yarim himoyachini to‘liq sotib olmoqchi. Futbolchining transfer huquqlari 2027 yil yozigacha "Baniyas"ga tegishli. Futbolchi "sherlar" bilan kelishuvga erishgan. Faqatgina "Paxtakor" BAA jamoasi bilan kelishsa bo‘ldi.

Bundan tashqari, "Andijon" klubi ham havbekni ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Mozgovoy bilan "Andijon" vakillari uchrashuv o‘tkazgani xabar qilingan edi. 

Ma'lumot uchun, Mozgovoy joriy mavsum BAA chempionatida 11 o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!