
"Paxtakor" yana bir transferni e’lon qildi (Foto)
Hujumkor yarim himoyachi Dostonbek Hamdamov ham "Paxtakor" safiga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Paxtakor" tarkibida 2019-20 yilda 74 bahsda 24 to‘p kiritgan Hamdamov 2022 yil oxirigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
Dostonbek ham toshkentliklar bilan ikki martadan O‘zbekiston chempionati va Kubogi, bir bor Liga Kubogida g‘olib bo‘lgan.
Fikrlar