Pedri Messini JCh g‘olibligi bilan nega tabriklamadi?

  • 24 dekabr, 2022, 00:07
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Pedri sobiq jamoadoshi Lionel Messini jahon chempionatidagi g‘alabasi bilan nega haligacha tabriklamaganini aytdi.

Tecno

"Men unga g‘alabadan keyin darhol yozmadim, chunki mening xabarim e’tiborga olinmasligini taxmin qildim.

Hozir uning telefoni va ijtimoiy tarmoqlari tabriklar bilan to‘lib yotibdi. Men yana bir necha kun kutaman va uni albatta tabriklayman", - dedi 20 yoshli futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati finalida Argentina Frantsiyani mag‘lub etdi (3:3, 4:2 pen.) va 1986 yildan beri ilk bor jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Messi turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 35 yoshli hujumchining hisobida 7 ta gol va 3 ta golli uzatma bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!