Penalti tepish vazifasi berilsa, Valverde buni yana qayta amalga oshiradimi? Futbolchining o‘zi javob berdi!

  • 23.06.2025 14:21
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 1-turida "Real Madrid" "Al-Hilol" bilan durang o‘ynadi (1:1). Valverde 92-daqiqada 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshira olmadi. Kechagi uchrashuvdan so‘ng Federiko o‘sha penalti haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
 
Madridliklarning 2-turdagi "Pachuka"ga qarshi o‘yinida (3:1) urugvaylik futbolchi 70-daqiqada gol urdi. 
 
"Uyquga yotganingizda, o‘zingizni tanqid qilasiz va butun jamoa mehnatini behuda sarfladim deb o‘ylaysiz. Jamoaga g‘alaba keltira olmaganingizni bilib uyquga ketish qiyin, ammo bizda maslahat beradigan va kayfiyatimizni ko‘tarishga yordam beradigan ko‘p o‘yinchilar bor. 
 
Albatta, oilamga qo‘ng‘iroq qildim, chunki bu hammadan ham muhimroq. 
 
Agar yana penalti berilsa, ishonchim komilki, jamoa menga ishonadi"
- dedi "qirollik klubi"ning yarim himoyachisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!