Peres: "16-Chempionlar ligasi uchun kurashamiz"
- Bilolbek Imomov
- 0
- Futbol
Florentino Peres "Real" prezidenti lavozimiga qayta saylangandan so‘ng klubning asosiy maqsadlaridan biri haqida gapirdi.
Ispaniyalik rahbarning taʼkidlashicha, madriddliklar Yevropa futbolidagi ustunligini saqlab qolish va Chempionlar ligasidagi navbatdagi zafarni qo‘lga kiritish uchun harakat qiladi.
"Men eng nufuzli xalqaro reytinglarda yetakchilik qiladigan klubni qurishda davom etmoqchiman. Bularning barchasi g‘alaba qozonish uchun qilinmoqda.
Biz 16-Chempionlar ligasi sovrinini qo‘lga kiritish uchun oxirigacha kurashamiz.
Shuningdek, qadriyatlarimiz kelajagimizning mustahkam poydevori bo‘lishi uchun ham ishlashda davom etamiz", — dedi Peres.
Maʼlumot uchun, "Real" Chempionlar ligasini tarixda eng ko‘p — 15 marta yutib olgan klub hisoblanadi. Madriddliklar so‘nggi bor ushbu musobaqada 2024 yilda g‘olib bo‘lgan edi.